Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INGLIZ VA O‘ZBEK DRAMALARIDA VERBAL VA NOVERBAL VOSITALAR MUNOSABATI

Nurislom KHURSANOVRenaissance Education University
2024tr
ABI

Annotatsiya

Zamonaviy tilshunoslikning turli sohalari tadqiqot obyekti, metodologik masalalari bilan bir-biridan farqlanadi, ayni damda bir-birini taqozo etadi. XX asr oxirlaridan boshlab antroposentrik paradigma to‘g‘risidagi qarashlarning ustuvorligi bir qator fanlararo sohalar, jumladan, lingvopragmatikaning paydo bo‘lishi uchun zamin hozirladi. Dunyo tilshunosligida ikki til imkoniyatlarini o‘rganish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima jarayonida yuzaga keladigan fikriy ifoda, uning shakliy tuzilishi, ichki nutq imkoniyatlarini va aniq struktur xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar yaratilmoqda. Diskurs jarayoni, verbal va noverbal komponentlarning nutq vaziyatidagi o‘rni, adresat va adresant lisoniy ongi, madaniyatlararo munosabat belgilari, baho va talqin muammolari tadqiqi til birliklarining nutqda reallashuv imkoniyatlarini yoritishga xizmat qiladi. Dramatik diskursda verbal va noverbal komponentlar munosabatini o‘zbek va ingliz tillari aspektida tadqiq etish tilshunoslik sohasidagi dolzarb mavzulardan biridir. Maqolada ingliz va o‘zbek dramalarida qo‘llanilgan verbal va noverbal vositalar munosabati, mazkur vositalarning diskursiv, lingvokultrologik hamda sotsiolingvistik tahlili keltirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar