Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

YASHIL IQTISODIYOT VA BANDLIK: YANGI ISH O'RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI

Ulugmurodov Farxod FaxriddinovichSamarqand iqtisodiyot va servis instituti, Raqamli iqtisodiyot kafedrasi, katta o'qituvchiSheraliyeva KamolaSamarqand iqtisodiyot va servis istituti talabasi
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonining mehnat bozori va bandlik darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Global iqlim o‘zgarishlari, resurslardan oqilona foydalanish zarurati hamda barqaror rivojlanish talablari yashil iqtisodiyot modelini joriy etishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Tadqiqotda yashil sektorlar — qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik toza transport va barqaror qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlari shakllanishi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, an’anaviy tarmoqlarning transformatsiyasi jarayonida mehnat resurslariga qo‘yiladigan yangi talablar, malaka o‘zgarishlari va bandlik tuzilmasidagi siljishlar tahlil etiladi. Maqolada yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash vositasi, balki iqtisodiy o‘sish va bandlikni kengaytirishning muhim omili sifatida asoslab beriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba