Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

AYLANMA JISMLARGA DOIR TADQIQIY XARAKTERDAGI MASALALAR YORDAMIDA O'QUVCHILARNING TADQIQIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Asadova Maftuna AnvarovnaNizomiy nomidagi O'zMPU magistranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida aylanma jismlar mavzusini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tadqiqiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Silindr, konus, kesik konus, shar va sfera kabi aylanma jismlarga doir tadqiqiy xarakterdagi masalalarning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, muammoli, amaliy, modellashtirishga oid, tajribaviy, taqqoslash, optimallashtirish, kesim, isbotlash, ijodiy hamda fanlararo integratsiyaga asoslangan masalalar tizimi tavsiflangan. Maqolada tadqiqiy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, mantiqiy fikrlashi, matematik modellashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarish va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritib berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba