Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

MILLIY-MADANIY SEMANTIKANING UNIVERSAL VA SPETSIFIK JIHATLARI

Jo'raqulova Rayhon XolboyevnaDenov Tadbirkorlik Va Pedagogika Universiteti Yevropa, Amerika Va Avstraliya Xalqlari Tili va Adabiyoti Ixtisosligi Tayanch Doktaranti
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada milliy-madaniy semantikaning universal va spetsifik jihatlari qiyosiy tilshunoslik hamda lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli tillardagi leksik birliklarning semantik tuzilishi, ularning denotativ va konnotativ qatlamlari hamda milliy madaniyat bilan bog‘liq semalarning ifodalanish xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, xalq mentalitetining leksik tizimda aks etishi hamda kollektivistik va individualistik dunyoqarashlarning til vositalari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan. Tadqiqot davomida semantik maydon nazariyasi, komponent tahlil va lingvokulturologik yondashuvlardan foydalanilib, milliy-madaniy semalarning universal va etnospetsifik xususiyatlari aniqlangan. Natijalar tillarararo muloqot, tarjima nazariyasi va xorijiy tillarni o‘qitishda madaniy-semantik tafovutlarni hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba