O'ZBEK TILIDA SOHAVIY TERMINLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilida sohaviy terminlarning shakllanishi va taraqqiyoti lingvistik hamda tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminlarning paydo bo‘lish manbalari, ularning ichki va tashqi omillar asosida rivojlanishi hamda turli davrlardagi o‘zgarishlari yoritilgan. Shuningdek, arab, fors, rus va ingliz tillarining o‘zbek terminologiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada terminlarni milliylashtirish, standartlashtirish va zamonaviy ilm-fan talablariga moslashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Natijada o‘zbek terminologiyasining rivojlanishi uzluksiz jarayon ekani va uning ilmiy-texnik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liqligi asoslangan.