CO₂ ADSORBSIYASI UCHUN LABORATORIYA SHAROITIDA SOL-GEL USULI ASOSIDA SILIKOGEL SINTEZI
Annotatsiya
Ushbu ishda tabiiy kvars qumi asosida sol-gel usuli yordamida silikogel sintez qilish texnologiyasi o‘rganildi. Silikogel olish jarayoni xom ashyoni tayyorlash, natriy silikat (suyuq shisha) hosil qilish, gel hosil qilish hamda yuvish va quritish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Jarayonda tabiiy kvars qumi tarkibidagi aralashmalar sulfat kislota bilan ishlov berish orqali bartaraf etildi, natriy silikat eritmasi sulfat kislota yordamida gellantirildi va hosil bo‘lgan gel yuvilib, quritish orqali g‘ovak tuzilishga ega silikogel olindi. Sintez jarayonida eritma muhiti pH 3–5 oralig‘ida ushlab turilishi hamda gellanish va quritish sharoitlari silikogelning g‘ovak tuzilishi va adsorbsion xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Taklif etilgan usul arzon va keng tarqalgan tabiiy xom ashyo asosida yuqori g‘ovaklikka ega silikogel olish imkonini beradi. Olingan silikogel adsorbent, qurituvchi material hamda CO₂ gazini yutuvchi aminli sorbentlarni modifikatsiyalash uchun tayanch material sifatida istiqbolli hisoblanadi.
Hali tarjima qilinmagan