Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

ERKIN HOLATDAGI KALSIY OKSIDINI KLINKERGA TA'SIRINI O`RGANISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada portlandtsement klinkerida erkin holatdagi kaltsiy oksidi (CaO) ning miqdori va uning klinker sifatiga ta'siri o‘rganilgan. Tadqiqotda turli haroratlarda (1300–1420 °C) kuydirilgan klinker namunalaridagi bog'lanmagan CaO miqdori aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, harorat ortishi bilan erkin CaO miqdori keskin kamayadi: 1300 °C da 8,8% bo‘lsa, 1420 °C da 1,8% gacha tushadi. Bu ko‘rsatkich GOST talablariga (≤2%) mos keladi. Optimal klinkerlash harorati 1380–1420 °C oralig‘ida ekanligi aniqlandi. Yuqori haroratda CaO boshqa komponentlar bilan to‘liq reaksiyaga kirishib, kerakli minerallar (C₃S, C₂S) hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Past haroratda (1300–1350 °C) esa CaO yetarlicha bog‘lanmay qoladi, bu esa sement sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Xulosa qilib, klinker pishirish jarayonida haroratni to‘g‘ri tanlash erkin CaO ni nazorat qilish va yuqori sifatli sement olishning asosiy omili hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba