Қуйиамударё оҳактошли хом-ашёларидан олинган портландцемент клинкерининг хусусиятлари
Annotatsiya
Ushbu maqolada Quyi Amudaryo mintaqasidagi mahalliy ohaktosh ("Uch o'choq" koni) va gilsimon mergel asosida portlandtsement klinkeri olish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tajribalar natijasida klinker 1380 °C haroratda pishirilganda bog‘lanmagan CaO miqdori 2% dan kam bo‘lib, GOST talablariga to‘liq javob berishi aniqlandi. Bu sanoatda qo‘llaniladigan haroratdan 40 °C past bo‘lib, energiya tejamkorligini ta’minlaydi. Rentgenofazaviy tahlil klinker tarkibida asosiy sement minerallari (C₃S, C₂S, C₃A, C₄AF) yaxshi shakllanganligini ko‘rsatdi. Tayyor klinkerning 28 kunlik siqilishdagi mustahkamligi 49,0–52,5 MPa bo‘lib, O‘zMS 337:2024 bo‘yicha SEM I KP 42,5 toifasiga mos keladi. Xulosa qilib aytganda, mahalliy xom-asHYo asosida olingan klinker sifatli va energiya tejovchi texnologiya sifatida sement sanoatida qo‘llashga yaroqli.