QAYTALANUVCHI SIYDIK YO'LLARI INFEKSIYASI BO'LGAN BOLALARDA GENETIK MARKERLAR ASOSIDA XAVFNI BAHOLASH
Annotatsiya
Qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalari (QSYI) bolalarda uchraydigan eng dolzarb infeksion kasalliklardan biri bo‘lib, uning tez-tez qaytalanishi buyrak parenximasining shikastlanishi, arterial gipertenziya va surunkali buyrak kasalligi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda molekulyar genetika sohasidagi yutuqlar infeksiyaga moyillikni baholashda immun javob genlari polimorfizmlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. TLR4, TLR2, IL-8, CXCR1 va TGF-β genlari qaytalanuvchi infeksiyalarga moyillik bilan bog‘liq eng muhim genetik markerlar sifatida e'tirof etilmoqda. Genetik markerlarni klinik va laborator ko‘rsatkichlar bilan birgalikda baholash yuqori xavf guruhidagi bolalarni erta aniqlash hamda shaxsiylashtirilgan profilaktika va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.