BOLALARDA QAYTALANUVCHI SIYDIK YO'LLARI INFEKSIYALARIDA TLR4 GENI POLIMORFIZMLARINING KLINIK AHAMIYATI
Annotatsiya
Qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalari (QSYI) bolalarda eng ko‘p uchraydigan bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, ularning takrorlanishi surunkali yallig‘lanish, buyrak parenximasida chandiqlanish va kelgusida surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar infeksiyaga moyillikning faqat anatomik yoki mikrobiologik omillar bilan emas, balki mezbon organizmning genetik xususiyatlari bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, tug‘ma immunitetning muhim komponenti bo‘lgan Toll-like receptor 4 (TLR4) geni polimorfizmlari uropatogen mikroorganizmlarni tanish va ularga qarshi immun javobni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega