Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

NEYROKRIMINOLOGIYA VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH

Nurumbetova Sadoqat AllayarovnaKriminologiya tadqiqot instituti Ilmiy kotibi, yuridik fanlar doktori, dotsent
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada neyrokriminologiya fanining jinoyatchilikni tushunish va uning oldini olishdagi o'rni chuqur tahlil qilinadi. Neyrokriminologiya inson miyasi faoliyati, genetik omillar va ijtimoiy muhitning o'zaro ta'sirini o'rganish orqali jinoiy xulq-atvorning biologik asoslarini ochib beradi. Maqolada peshona bo'lagi disfunksiyasi, amigdala nuqsonlari hamda neyromediatorlar disbalansining tajovuzkorlikka ta'siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, erta tashxis qo'yish, kognitiv-bixevioral terapiya va biologik intervensiyalar yordamida jinoyatchilikning oldini olish strategiyalari, bu boradagi axloqiy va huquqiy muammolar muhokama qilinadi. Tadqiqot jinoyatchilikka qarshi kurashishda an'anaviy jazo choralaridan ko'ra, tibbiy-ijtimoiy profilaktika muhimroq ekanligini ilmiy jihatdan asoslaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba