Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

MUSTAQILLIK YILLARIDA OʻZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI: TARIXIY TAHLIL

Raximov Shuxrat MaqsudovichQashqadaryo Turon universiteti magistranti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi davrda yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va amaliy natijalari Xorazm viloyati misolida tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1991-yildan keyin yoshlar masalasining davlat siyosati darajasiga koʻtarilishi, huquqiy-me'yoriy asoslarning yaratilishi, ta'lim, bandlik, tadbirkorlik, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya, ijtimoiy himoya va siyosiy faollik yoʻnalishlaridagi islohotlar yoritiladi. Shuningdek, Xorazm viloyatida yoshlar siyosatini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari, hududning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlari bilan bogʻliq muammolar ham tahlil etiladi. Maqolada mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar bilan birga, yoshlar bandligi, mehnat migratsiyasi, kasb-hunar tayyorgarligi, qishloq yoshlari imkoniyatlari va raqamli tengsizlik kabi dolzarb masalalarga ham e'tibor qaratiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba