FERROSILITSIY ISHLAB CHIQARISHDA HOSIL BO'LADIGAN TEXNOGEN MIKROKREMNIY CHANGINI METALLURGIYA VA KIMYO SANOATIDA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Bugungi kunda metallurgiya sanoatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda xomashyo bazasini diversifikatsiya qilish maqsadida texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash ustuvor ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ferrosilitsiy ishlab chiqarish jarayonida ruda-termik pechlarda hosil bo‘ladigan mikrokremniy changining morfologik, mikrostrukturaviy va kimyoviy xususiyatlarini chuqur tahlil qilish, shuningdek, uni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar, xususan, temir oksidli pigmentlar sintezida qo‘llash imkoniyatlarini baholashga qaratilgan. SEM va EDS usullari asosida olingan natijalar materialning yuqori dispersligi, sferik morfologiyasi hamda rivojlangan solishtirma sirt maydoni mavjudligini ko‘rsatadi, bu esa uning fizik-kimyoviy faolligi va gidrometallurgik jarayonlardagi reaktivligini sezilarli darajada oshirishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Shu bilan birga, zarrachalarning g‘ovak tuzilmasi va sirt energiyasining yuqoriligi reagentlar bilan o‘zaro ta’sir samaradorligini kuchaytirib, ekstraksiya va cho‘ktirish jarayonlarining kinetikasini jadallashtiradi. Olingan natijalar texnogen chiqindilarni ikkilamchi resurs sifatida samarali jalb etish, resurs tejovchi va ekologik barqaror texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, aylanma iqtisodiyot tamoyillarini sanoat miqyosida joriy etish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.