GLOBAL IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA MIRZACHO'L VOHASIDAGI SUG'ORILADIGAN BO'Z-O'TLOQI TUPROQLARINING GEOKIMYOSI VA ALYUMOSILIKATLIFERRUGINOZ (Al-Fe) PROVINSIYASI XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida Mirzacho‘l vohasiningsug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining geokimyoviy xususiyatlari Boyovut va Mirzaobodtumanlari misolida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Fe, Al, Ca, Mg, Na, Zn, Cu, Ni, Pb,La, Ce, Th va U elementlarining konsentratsiya klarklari asosida bir qator geokimyoviyprovinsiyalar ajratildi. Hududda alyumosilikat-ferruginoz, karbonat-kalsiyli-magniyli, natriyliborli,polimetall, nodir yer elementlari va radiogeokimyoviy provinsiyalar ustunligi aniqlandi.Iqlim isishi natijasida sho‘rlanish, karbonatlarning to‘planishi va mikroelementlarmigratsiyasining kuchayishi kuzatildi. Olingan natijalar sug‘oriladigan tuproqlarningagroekologik holatini baholash va moslashuvchan qishloq xo‘jaligi tizimlarini ishlab chiqishdamuhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan