SINTEZ QILINGAN BIMETALL FTALOTSIANINLARDAN NIKEL - KOBALT IONI SAQLAGAN BIRIKMANING IQ VA TERMOGRAVIMETRIK TAHLILI
Annotatsiya
Annotatsiya. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida nikel va kobalt ionlari saqlagan bimetall ftalosianin kompleksining IQ, TGA va DTA tahlillari o‘rganildi. IQ-spektrda 1531, 1471,1422 sm-1sohalaridagi C=C va C=N, 1332–1290 sm-1dagi C–N hamda 600–400 sm-1 oralig‘idagi Me–N boglariga xos bo’lgan tebranishlar bimetall saqlagan kompleks hosil bo‘lganligini tasdiqlaydi. Olingan TGA tahlil natijalarida asosiy massa yo‘qotilishi (44,981%) 262,9-487,6 °C oralig‘ida kuzatilishi aniqlandi. DTA tahlil natijalaridamaksimal endotermik jarayon 330,85 °C da kuzatildi. Natijalar bimetall ftalosianin kompleksning barqaror makrotsiklik tuzilma va yuqori termik barqarorlikka ega ekanliginiko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: bimetall ftalosianin, nikel, kobalt, IQ-spektroskopiya, TGA, DTA, termik tahlil, makrotsiklik kompleks, koordinatsion bog‘, termik barqarorlik.
Hali tarjima qilinmagan