Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

PROCTORING.UZ: RAQAMLI TAʼLIMDA KIBERXAVFSIZLIK VA AKADEMIK HALOLLIK TIZIMI PROCTORING.UZ: CYBERSECURITY AND ACADEMIC INTEGRITY SYSTEM IN DIGITAL EDUCATION

Mo‘minov Haydar"Realsoft Academy" MChJ direktori (Ilmiy rahbar)Ustenov Azizbek, Zayniyev IlhomjonToshkent amaliy fanlar universiteti, Axborot xavfsizligi yo’nalishi
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Proctoring.uz platformasining texnik ishlash prinsiplari, uning Oʻzbekiston taʼim tizimidagi ahamiyati va kiberxavfsizlik mexanizmlari kompleks tarzda oʼrganilgan. Masofaviy taʼlimning kengayishi bilan birga yuzaga kelayotgan akademik halollik muammosi global koʼlamda jiddiy eʼtibor talab etmoqda. Maqolada sunʼiy intellekt (AI) va mashinali oʼqitish (ML) asosidagi yuz tanish texnologiyalari, real vaqt rejimida monitoring, tarmoq nazorati va anomaliyalarni aniqlash usullari tahlil qilingan. Tizimning natijador jihatlari, xavfsiz imtihon muhitini shakllantirish mexanizmlari hamda maʼluʼmotlar maxfiyligi, AI adolati va kiberxurujlardan himoya kabi axloqiy-huquqiy muammolar koʼrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatadiki, proktorlik tizimlari raqamli taʼlimdagi ajralmas xavfsizlik standarti sifatida qaror topishi zarur boʼlib, texnologik innovatsiyalar bilan meʼyoriy-huquqiy bazaning muvofiqlashtirilishi hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba