Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

MCM-41 MEZOG'OVAKLI MATERIALNING SINTEZI VA XARAKTERISTIKASI

Shahrom M. KhoshimovAcademy of Sciences Republic of UzbekistanIzzat Eshmetov
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada guruch qobig‘i kulidan ajratib olingan yuqori tozalikdagi (SiO2 > 99%) amorf kremniy dioksidi asosida mezog‘ovakli MCM-41 tipidagi materiallarni sintez qilish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda struktura yo‘naltiruvchi agentlar sifatida TDTMAB (tetradodesiltrimetilammoniy bromid) va ODTMAB (oktadesiltrimetilammoniy bromid) kationli sirt faol moddalaridan foydalanildi. Sintez jarayoni zol-gel texnologiyasi asosida, muhitning pH qiymatini bosqichma-bosqich boshqarish (pH 12, 1 va 3) orqali amalga oshirildi. Olingan namunalar organik shablonni saqlovchi boshlang‘ich materiallar sifatida (T-1/0 va O-1/0) nomlandi. Tadqiqot natijalari arzon xomashyo asosida yuqori solishtirma sirt maydoniga ega adsorbentlar olish imkoniyatini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba