Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

ANDIJON SHAROITIDA FICUS L. TURKUMI VAKILLARINING ADVENTIV ZARARKUNANDASI PARASAISSETIA NIGRA (NIETNER, 1861)NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FITOSANITAR

Xusanov AlijonAndijon davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktoriTillayeva SaidaxonAndijon davlat universiteti tayanch doktorantiMuqimova ZilolabonuAndijon davlat universiteti biologiya kafedrasi talabasiMaxbubova RuxshonaAndijon davlat universiteti biologiya kafedrasi talabasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

2024-2025 yillarda Andijon shahrida olib borilgan tadqiqotlarda introduksiya qilingan xona o'simliklarida Parasaissetia nigrani uchrashi va ayrim bioekologik xususiyatlari o'rganildi. Entomologik tadqiqotlarda Ficus benjamina (Danielle navi), F. benjamina (Starlight navi) va F. elastica o'simliklari ko'zdan kechirildi. Zararkunanda jami tekshirilgan 9 ta o'simlikning 3 tasida (33,3%) qayd etildi. Yosh va voyaga yetgan individlar novdalar, poya, barg bandi hamda bargning asosiy tomiri bo'ylab joylashgan bo'lib, ular 24-31°C xona haroratida kuzatildi. F. benjamina navlarida o'rtacha zararlanish va barg to'kilishi, F. elasticada esa kuchsiz zararlanish hamda yopishqoq shirin ajralma aniqlandi. Olingan natijalar introduksiya qilingan xona o'simliklarini adventiv fitofaglarni erta aniqlashga qaratilgan fitosanitar monitoringga kiritish zarurligini ko'rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba