Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

QUVASOYDA SEMENT SANOATINING SHAKLLANISHI: BIRINCHI BESH YILLIK SANOATLASHTIRISH SIYOSATI DOIRASIDA

Isomiddinov MuhammadjonFarg'ona davlat universiteti, professor, Tarix fanlari doktori (DSc)Karimov SarvarFarg'ona davlat universiteti tayanch doktorant
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Quvasoyda sement sanoatining shakllanish jarayoni SSSRning birinchi besh yillik sanoatlashtirish siyosati (1928–1932) doirasida tahlil qilingan. Tadqiqotda arxiv hujjatlari, rejaviy materiallar va ilmiy adabiyotlar asosida Quvasoy hududining tabiiy-geografik imkoniyatlari, mineral-xomashyo resurslari hamda ularning sement sanoati rivojidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Quvasoy sement zavodini qurish to'g'risidagi qarorning qabul qilinishi, qurilish jarayonining bosqichlari, moddiy-texnik ta'minlashdagi muammolar va ularning korxona faoliyatiga ta'siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari hududning boy xomashyo zaxiralari, Qizil-Qiya ko'mir havzasiga yaqinligi va qulay transport infratuzilmasi sement ishlab chiqarishni tashkil etish uchun muhim omil bo'lgan. Quvasoy sement zavodining ishga tushirilishi respublika qurilish materiallari sanoati taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berib, hududning yirik sanoat markaz sifatida shakllanishiga xizmat qilgan. Shu bilan birga, korxona mahalliy ishchi va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda keyingi sanoat tarmoqlarining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba