Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

FARG'ONA VODIYSI ANTIK DAVRI MODDIY MADANIYATINI O'RGANISHDA SHO'RABOSHOT YODGORLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI

Karimova NazokatFarg'ona davlat unversiteti, tayanch doktoranti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Farg'ona vodiysining antik davr moddiy madaniyatini o'rganishda Sho'raboshot yodgorligining tutgan o'rni va ilmiy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Arxeologik qazilmalar natijasida aniqlangan kulolchilik mahsulotlari, turar-joylar tizimi, mudofaa inshootlari hamda xo'jalik faoliyati asosida hududda urbanizatsiya jarayonlari va madaniy rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Sho'raboshot madaniyati Eylaton va Marhamat madaniyatlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning o'ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Sho'raboshot yodgorligi Farg'ona vodiysida antik davr madaniy taraqqiyotida muhim bosqich bo'lganligini ko'rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba