Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

ORGANIK KIMYO TA'LIMIDA OCHIQ TIPLI STEAM LOYIHALARINI BAHOLASHNING KOMPETENSIYAVIY MODELI

Bo'riyev RashidbekAndijon davlat universiteti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda organik kimyo ta'limida ochiq tipli STEAM loyihalarini baholashning kompetensiyaviy modeli taklif etiladi. Model loyiha mahsulotidan tashqari muammoni anglash, kimyoviy dalillash, tadqiqotni rejalashtirish, muhandislik yechimini ishlab chiqish, ilmiy kommunikatsiya va refleksiyani ham qamrab oladi. Baholash kognitiv-kimyoviy, tadqiqotchilik, muhandislik-amaliy, kreativ-kommunikativ va refleksiv kompetensiyalar asosida tashkil etiladi. Har bir blok uchun indikator, tekshiriladigan dalil va ball mezoni ishlab chiqilgan. Model ochiq tipli loyihalarda baholashning shaffofligi, izchilligi va rivojlantiruvchi xususiyatini kuchaytiradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba