Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Och tusli bo'z tuproqlarning granulometrik tarkibi, agrofizikaviy va kimyoviy xossalari

Xoldarov DavronbekFarg'ona davlat universiteti biologiya fanlari doktori, dotsentIbroximova Saboxat Axmadali qiziQo'chqorov Bobirbek Mamasamin o'g'li
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot och tusli bo'z tuproqlarning granulometrik tarkibi hamda agrofizik va agrokimyoviy xossalarining tuproq qatlamlari bo'yicha o'zgarish qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotlar turli fermer xo'jaliklarida joylashgan 4 ta tuproq kesimida olib borilib, namunalar genetik qatlamlar kesimida tahlil qilindi. Natijalar ushbu tuproqlarning granulometrik tarkibi asosan o'rta qumoqlardan iborat ekanligi, fizik loy miqdori 31,8-37,5% oralig'ida o'zgarishini ko'rsatdi. Tuproq qatlamlari bo'yicha chuqurlik ortishi bilan hajmiy massa 1,30 dan 1,52 g/sm3 gacha oshib, umumiy g'ovaklik 50,8% dan 43,1% gacha kamayishi aniqlandi. Gumus miqdori 1,36% dan 0,15% gacha kamayib borishi, oziq elementlarining yuqori qatlamda to'planishi bilan tavsiflanadi. Tuproq eritmasi ishqoriy (pH 7,3-8,4) bo'lib, quruq qoldiq miqdori 0,122-0,296% ni tashkil etdi. Bu esa tuproqlarning kuchsiz sho'rlanganligini ko'rsatadi. Singdirilgan kationlar tarkibida Ca2+ ning ustunligi (60,7-78,4%) va Mg2+ miqdorining chuqurlik bo'yicha ortishi aniqlanib, tuproq profilida moddalar migratsiyasi jarayonlari mavjudligini tasdiqlaydi. Olingan natijalar och tusli bo'z tuproqlarning unumdorligini baholash va ularni samarali boshqarish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba