Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KAFEDRA FAOLIYATINING TASHKILIY-METODIK MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Djalalov BaxromjanFarg'ona davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda transformatsiya sharoitida oliy ta'lim muassasasi kafedrasi faoliyatining tashkiliy-metodik mexanizmini takomillashtirish masalasi ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan. Kafedra faoliyati oliy ta'lim muassasasining o'quv, ilmiy-tadqiqot, metodik, innovatsion, tarbiyaviy va tashkiliy jarayonlarini birlashtiruvchi asosiy akademik bo'g'in sifatida talqin qilingan. Tezisda kafedra faoliyatini takomillashtirishda strategik rejalashtirish, professor-o'qituvchilar kasbiy- metodik salohiyatini rivojlantirish, raqamli monitoring, ichki sifat baholash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish va tashqi hamkorlikni kuchaytirish muhim omillar sifatida asoslangan. Shuningdek, kafedra faoliyatining tashkiliy-metodik mexanizmini diagnostik- tahliliy, loyihalash, tashkiliy-amaliy, monitoring-refleksiv va natijaviy-takomillashtirish bosqichlari asosida rivojlantirish taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba