Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MUSTAQIL TA'LIMNING AHAMIYATI

Muhammadsodiq AbdumannopovFarg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda mustaqil ta'limning pedagogik imkoniyatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Kognitiv kompetentlikning axborotni izlash va saralash, tahlil va sintez qilish, muammoni hal etish, refleksiya hamda metakognitiv boshqaruv kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta'limni reproduktiv topshiriqlardan ijodiy-qidiruv faoliyatiga yo'naltirish, elektron ta'lim resurslaridan maqsadli foydalanish va reflektiv o'zini nazorat qilish mexanizmlari asoslangan. Nazariy tahlil natijasida mustaqil ta'limning samaradorligini ta'minlovchi pedagogik shartlar hamda uni tashkil etishning bosqichlari taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba