Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Aconitum talassicum O'SIMLIGINING YER USTI QISMLARIDAGI MIKRO VA MAKROELEMENTLAR TARKIBI HAMDA MIQDORI

Eshmatov JasurbekFarg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisiJaxongir Isroilovich TursunovFarg'ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi, kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,I. Zh. ZhalolovFarg'ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Aconitum talassicum Popov o'simligining yer usti qismlaridagi makro- va mikroelementlar tarkibi induktiv bog'langan plazmali optik-emission spektrometriya usulida o'rganildi. Tadqiqot uchun o'simlikning alohida ajratilgan yer usti qismi namunalari olindi. Namunalar konsentrlangan nitrat kislota va vodorod peroksidi aralashmasida Berghof Speedwave Xpert mikroto'lqinli parchalash qurilmasida minerallashtirildi. Hosil qilingan eritmalardagi elementlar miqdori PerkinElmer Avio 200 ICP-OES spektrometrida standart eritmalarga nisbatan aniqlandi. Tadqiqot natijasida o'simlikning yer ustki qismidagi uchraydigan makroelementlar, biogen mikroelementlar va ayrim og'ir metallarning miqdoriy ko'rsatkichlari olindi. Olingan natijalar Aconitum talassicum o'simligining kimyoviy tarkibini tavsiflash, uning biologik xususiyatlarini asoslash va o'simlik xomashyosining element tarkibiga oid ma'lumotlar bazasini kengaytirishda ilmiy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba