Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

INDUKTIV BOG'LANGAN PLAZMALI OPTIK-EMISSION SPEKTROMETRIYA USULIDA ACONITUM TALASSICUM O'SIMLIGI ILDIZINING MAKRO- VA MIKROELEMENTLAR TARKIBINI O'RGANISH

Eshmatov JasurbekFarg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisiJaxongir Isroilovich TursunovFarg'ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi, kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,I. Zh. ZhalolovFarg'ona davlat universiteti Kimyo kafedrasi professori
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda Aconitum talassicum Popov o'simligi ildizining makro- va mikroelementlar tarkibi induktiv bog'langan plazmali optik-emission spektrometriya — ICP-OES usulida o'rganildi. O'simlik ildizi namunasi konsentrlangan nitrat kislota va vodorod peroksidi aralashmasida Berghof Speedwave Xpert mikroto'lqinli parchalash qurilmasida minerallashtirildi. Hosil qilingan eritmadagi elementlar miqdori PerkinElmer Avio 200 ICP-OES spektrometrida sertifikatlangan standart eritmalarga nisbatan aniqlandi. Tadqiqot natijasida ildiz tarkibida kaliy, temir, marganes, alyuminiy, stronsiy, rux, bariy, mis, xrom, qo'rg'oshin, selen, nikel va simob mavjudligi qayd etildi. Kadmiy, mishyak va kobalt miqdori aniqlash chegarasidan past bo'ldi. Olingan natijalar A. talassicum ildizining mineral tarkibini tavsiflash hamda o'simlik xomashyosini kimyoviy va ekologik jihatdan baholashda ilmiy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba