Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Xanthoparmelia turkumi lishayniklarining ikkilamchi metabolitlari va ularni ekstraksiyalash samaradorligi: zamonaviy sharh

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Xanthoparmelia turkumiga mansub lishayniklarning ikkilamchi metabolitlari, ularning kimyoviy tarkibi va turli erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish samaradorligi tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, ushbu turkum 92 dan ortiq turli tuzilishdagi biologik faol birikma ishlab chiqaradi va ular farmatsevtikada antioksidant, antimikrob hamda saratonga qarshi vositalar sifatida istiqbolli hisoblanadi. Tadqiqotda nashr etilgan ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilish uslubiyatidan foydalanildi. Natijada erituvchining qutbliligi metabolitlar unumiga bevosita ta'sir qilishi, ya'ni qutbsiz erituvchilar usnik kislotasini, qutbli erituvchilar esa depsidonlarni samaraliroq ajratishi aniqlandi. Mualliflarning hissasi turli turlar va metodlar bo'yicha ma'lumotlarni umumlashtirib, qiyosiy jadvallar shaklida tizimlashtirishdan iborat.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba