Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Xanthoparmelia tinctina lishaynigining kimyoviy tarkibi va turli erituvchilarda ekstraksiyalash samaradorligi

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Xanthoparmelia tinctina lishaynigining kimyoviy tarkibi o'rganilib, undan turli erituvchilar yordamida ikkilamchi metabolitlarni ekstraksiya qilish samaradorligi tajriba yo'li bilan baholangan. Mavzuning dolzarbligi turkum vakillarining biologik faol birikmalarga boyligi va farmatsevtik salohiyati bilan belgilanadi. Tadqiqotda lishaynik namunalari Toshkent viloyati hududidan yig'ib olinib, 135 g quruq xom ashyodan geksan va atseton erituvchilari yordamida ekstraksiya o'tkazildi. Natijada geksan ekstrakti 1280 mg (unum ≈ 0,95%), atseton ekstrakti esa 2,5 g (unum ≈ 1,85%) miqdorda olindi; atseton qutbli depsidonlarni samaraliroq ajratishi tasdiqlandi. Adabiyotlarga ko'ra turning korteks qatlamida usnik kislotasi, medulla qatlamida esa salazin kislotasi asosiy modda hisoblanadi. Mualliflarning hissasi mahalliy xom ashyodan ekstrakt unumini erituvchilar bo'yicha qiyosiy aniqlashdan iborat.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba