Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

ENIGMATIK MATNLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI: NAZARIY-SEMANTIK TAHLIL

Xilola Ibroximova To'xtasinjon qiziNamangan davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola enigmatik matnlarning lingvistik xususiyatlarini nazariy-semantik nuqtai nazardan tahlil qilishga bag'ishlangan. Enigmatik matnlar til tizimida yashirin ma'no hosil qilishning murakkab shakli sifatida qaraladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi enigmatik matnlarda ma'no hosil bo'lishining o'ziga xos jihatlarini aniqlash hamda ularning yashirin semantik qatlamlarini ilmiy asosda izohlashdan iborat. Maqolada enigmatik matn tushunchasining lingvistik mohiyati ochib berilib, uning ko'p qatlamli ma'no tuzilmasi, implitsit semantik komponentlari va kontekstual bog'liqligi yoritiladi. Maqolada nazariy tahlil, semantik interpretatsiya hamda konseptual yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, enigmatik matnlarda ma'no yuzaga kelishi bevosita til birliklarining yashirin imkoniyatlari, assotsiativ bog'lanishlar va sharoit bilan chambarchas bog'liq.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba