QUVASOY HUDUDIDA YER-SUV MUNOSABATLARI: QO'QON XONLIGI AN'ANALARIDAN ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATIGACHA
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida hozirgi Quvasoy hududiga kiruvchi qishloqlarida yer-suv munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Qo'qon xonligi davrida mavjud bo'lgan davlat, xususiy va vaqf yerlari tizimi, ijara munosabatlari, sug'orish tarmoqlarining iqtisodiy ahamiyati hamda xiroj va tanobona kabi soliq turlarining yerdan foydalanish jarayoni bilan bog'liqligi yoritilgan. Shuningdek, Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati natijasida yer va suv munosabatlarining qayta tashkil etilishi, vaqf mulklarining davlat nazoratiga o'tkazilishi hamda mahalliy aholining an'anaviy yer huquqlarining cheklanishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Quvasoy hududidagi agrar munosabatlar evolyutsiyasini va ularning mintaqaning keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta'sirini ochib beradi.