Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

CAPPARIS SPINOSA L. O'SIMLIGI ORGANLARIDAGI EKSTRAKTIV MODDALAR VA UMUMIY ALKALOIDLAR MIQDORINI O'RGANISH.

Jalolov IFarg'ona davlat universiteti kimyo fanlari fan doktoriShermatova UFarg'ona davlat universiteti magistr
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda ilgari o'rganilmagan o'sish hududi — Farg'ona atrofida o'suvchi Capparis spinosa L. o'simligining alohida organlari (ildizlari, barglari, poyalari va urug'lari) tarkibidagi kimyoviy komponentlarni o'rganish natijalari taqdim etilgan. Umumiy alkaloidlar, ekstraktiv moddalar miqdoriy tarkibi aniqlangan. Organik moddalar spirt yordamida ekstraksiya qilindi, so'ng erituvchi bug'latib yuborildi.Qoldiq ammiak bilan ishlov berilgandan keyin alkaloidlar aralashmasi ketma-ket xloroform va n-butanol bilan ekstraksiya qilindi. Tadqiqot natijalari umumiy alkaloidlar miqdori boshqa o'sish hududlaridan olingan avvalgi tadqiqotlardagiga nisbatan yuqoriroq ekanligini ko'rsatdi. Shuningdek, alkaloidlarning sifat tarkibi ham farq qilishi aniqlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba