MULTIMADANIY TA'LIM MUHITI SHAROITIDA TALABALARDA MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI
Annotatsiya
Ushbu maqolada global integratsiya sharoitida oliy ta'lim muassasalarining multimadaniy ta'lim muhitida bo'lajak mutaxassislarning muloqot madaniyatini tizimli rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Maqolada respublikamizning turli hududlaridan kelgan talabalar jamoasidagi madaniy va sotsial o'ziga xosliklar tahlil qilinib, "multimadaniy muhit" va "madaniy kod" tushunchalarining pedagogik mazmuni yoritilgan. Shuningdek, talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirishning to'rtta asosiy komponentdan (kognitiv, amaliy-faoliyatli, aksiologik va kommunikativ) iborat funksional-blokli tizimi hamda ushbu tizimni amaliyotga samarali tatbiq etishning strategik pedagogik omillari asoslab berilgan.