NOGIRONLIGI BO'LGAN BOLALAR OILALARIGA KOMPLEKS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XIZMAT KO'RSATISHNING ILMIY ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada nogironligi bo'lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga kompleks ijtimoiy-psixologik xizmat ko'rsatishning ilmiy asoslari tahlil qilingan. Oila a'zolarining psixologik holati, ijtimoiy moslashuvi, emotsional barqarorligi hamda ijtimoiy himoya tizimi bilan o'zaro hamkorlik qilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, nogironligi bo'lgan bolalar oilalarining ehtiyojlarini aniqlash, ularga individual va kompleks yondashuv asosida psixologik maslahat, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etishning nazariy-metodologik jihatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oilalarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-psixologik xizmatlar samaradorligini oshirish hamda inklyuziv jamiyatni rivojlantirishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.