Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

JANUBIY FARG'ONA SUV EKOTIZIMLARIDA ODONATA TURKUMINI INTEGRATIV DIAGNOSTIKA QILISH: IMAGO, LICHINKA VA EKZUVIYA MA'LUMOTLARINI MONITORINGDA UYG'UNLASHTIRISH

Shirmatova MadinabonuZokirova GulnoraFarg'ona davlat universiteti o'qituvchisi, b.f.f.d. (PhD
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolaning maqsadi Janubiy Farg'ona suv ekotizimlarida Odonata turkumiga mansub ninachilarni aniqlash va ekologik monitoring qilishda imago, lichinka hamda ekzuviya ma'lumotlarini birlashtirishning metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda Odonata biologiyasi, diagnostikasi, migratsiyasi va bioindikatorlik xususiyatlariga oid xalqaro, mintaqaviy hamda mahalliy manbalar qiyosiy va mazmuniy tahlil qilindi. Hayot bosqichlarining axborot qiymati turning diagnostik aniqligi, suv havzasi bilan bog'liqligi, lokal ko'payishni tasdiqlash darajasi va takroriy monitoringga yaroqliligi bo'yicha baholandi. Natijalar faqat uchuvchi imagolar asosida tuzilgan ro'yxat turning muayyan suv obyektida rivojlanishini doimo tasdiqlamasligini ko'rsatdi. Lichinkalar suv muhitidagi mavjudlikni, ekzuviya esa rivojlanish siklining aynan kuzatilgan biotopda muvaffaqiyatli yakunlanganini ko'rsatadi. Odonata qaydlarini reproduksiyasi tasdiqlangan, ko'payishi ehtimoliy, lokal mavjudligi aniqlangan va qo'shimcha tekshiruv talab qiluvchi darajalarga ajratish taklif etildi. Imago transekti, gidrobiologik namuna, ekzuviya hisobi va ekologik parametrlarni bir stansiyada uyg'unlashtirish tur tarkibini ishonchli aniqlash hamda migrant individlarni mahalliy populyatsiyalardan ajratish imkonini beradi. Mazkur yondashuv hududiy bioindikator tizimini yaratish va uzoq muddatli kuzatuvlarni standartlashtirish uchun ilmiy asos bo'ladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba