"QIROL LIR" TRAGEDIYASIDA AFORIZMLARNING G'OYAVIY-BADIIY FUNKSIYASI
Maxamadjonova ShodiyaFarg'ona shahar 24-umumta'lim maktabi o'qituvchisi, Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Maqolada Uilyam Shekspirning dunyoga mashhur "Qirol Lir" tragediyasida qo'llanilgan aforizmlar, hikmatli so'zlar va maqollarning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, ularning asar syujeti va qahramonlar xarakterini ochib berishdagi o'rni tadqiq etiladi. Tragediya qahramonlari, ayniqsa, Qirol Lir va Masxaraboz nutqidagi aforistik iboralar orqali muallifning falsafiy qarashlari, davr ziddiyatlari, hokimiyat, farzandlik burchi va inson tabiati masalalari tahlil qilinadi. Aforizmlarning badiiy qimmatini belgilovchi badiiy tasvir vositalari va ularning kompozitsion yuklamalari batafsil yoritilgan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba