Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

UMUMLASHGAN BAHOLARNI HISOBLASH ORQALI INSON SALOMATLIK DARAJASINI ANIQLASH

Usmanova DildoraAniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistrantiMadraximov ShavkatO'zbekiston Milliy Universiteti, Dasturiy injiniring va sun'iy intellekt kafedrasi professori, t.f.d
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada inson salomatligini kompleks baholashning mavjud usullari (antropometrik, klinik-laborator, funksional, psixofiziologik) tahlil qilingan hamda ularning umumiy kamchiligi — natijalarning tarqoqligi va statik xarakterga egaligi ko'rsatib o'tilgan. Muammoni yechish uchun turli sohalardagi ko'rsatkichlarni yagona umumlashgan (integral) salomatlik bahosiga birlashtiruvchi model taklif etilgan. Model N.A. Ignatev, R.N. Usmanov va Sh.F. Madraximovning "Berilganlarning intellektual tahlili" o'quv qo'llanmasida bayon etilgan umumlashgan baholarni hisoblash usuliga (obrazlarni anglashga algebraik yondashuv) asoslangan. Model ochiq tibbiy tadqiqot ma'lumotlari — Framingham Heart Study (N=3827) — asosida sinovdan o'tkazilgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, taklif etilgan umumlashgan indeks bo'yicha eng past guruhda haqiqiy 10 yillik yurak-qon tomir kasalligi (CHD) xavfi 25,1%, eng yuqori guruhda esa 7,9% ni tashkil etdi (Pirson korrelyatsiyasi r = -0,167; p < 0,001), bu modelning amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba