Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Codophila varia (Fabricius, 1787) turining Farg'ona vodiysida uchrashi bo'yicha faunistik ma'lumotlar

Mahmudov MirmuxsinFarg'ona davlat universiteti doktoranti, b.f.f.d (PhD)
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Pentatomidae oilasiga mansub Codophila varia (Fabricius, 1787) turining Farg'ona vodiysi hududlarida koordinata bilan hujjatlashtirilgan uchrash holatlari ko'rib chiqiladi. Tur Palearktika mintaqasida keng tarqalgan polifag qandala bo'lib, O'zbekiston faunasi tarkibida ham qayd etilgan. Material 2021–2023 yillarda Farg'ona va Namangan viloyatlaridan to'plangan (jami yetti qayd) va ma'lumotlar GBIF xalqaro bazasiga kiritilgan. Natijalar turning O'zbekiston hududidagi tarqalish ma'lumotlarini to'ldiruvchi material sifatida tahlil qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba