Mazut M-40 va Mazut M-100 ning kimyoviy tarkibini qiyosiy tahlil qilish
Annotatsiya
Mazkur tezisda Mazut M-40 va Mazut M-100 ning kimyoviy tarkibi bo'yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar va tadqiqot natijalari asosida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Adabiyotlar ma'lumotlari asosida mazutlarning uglevodorod tarkibi, smolali-asfalten moddalar miqdori, oltingugurtli birikmalar tarkibi hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarga ta'siri yoritilgan. Tahlil natijasida M-100 mazutining yuqori molekulyar komponentlar va og'ir fraksiyalar ulushi bilan, M-40 mazutining esa nisbatan yengilroq tarkibga egaligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari mazutlarning sifat ko'rsatkichlarini baholash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.