ANDIJON SHAHRI SHAROITIDA JUNIPERUS VIRGINIANA L. O'SIMLIGIDA PLANOCOCCUS VOVAE (NASONOV, 1909) NING UCHRASHI
Raxmanova GulasalAndijon davlat universiteti magistrantiTillayeva SaidaxonAndijon davlat universiteti tayanch doktoranti
2026uz
ABI
Annotatsiya
Andijon shahri ko'kalamzorlashtirish hududlarida o'stirilayotgan virgin archasi — Juniperus virginiana L. da archa unsimon qurti Planococcus vovae (Nasonov, 1909) ning uchrashi aniqlandi. Zararkunanda koloniyalari asosan novdalar, ularning birikish qismlari va ignabarglar orasida joylashganligi kuzatildi. Zararlangan o'simliklarda oq mumsimon ajralmalar to'planishi, ignabarglarning sarg'ayishi hamda ayrim novdalarning qurishi qayd etildi. Olingan natijalar Andijon shahri sharoitida J. virginiana o'simliklarining fitosanitar holatini nazorat qilishda P. vovaega alohida e'tibor qaratish zarurligini ko'rsatadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba