Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

QUVASOY SANOATINING SHAKLLANISHIDA "GANCH" ARTELINING O'RNI (ARXIV MANBALARI ASOSIDA)

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada XX asrning ilk yarmida Quvasoy sanoatida mahalliy kooperativ korxona sifatida faoliyat ko'rsatgan "Ganch" artelining o'rni va uning tugatilishiga olib kelgan omillar arxiv hujjatlari asosida o'rganilgan. Tadqiqot Farg'ona viloyati davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarga tayanib, manbashunoslik va tarixiy-tahliliy usullar orqali artelning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvati, texnik jihozlanishi va moliyaviy holati tahlil qilinadi. "Ganch" artelining mahalliy xomashyo bazasiga tayangan holda Quvasoy sanoat infratuzilmasining shakllanishida muhim boshlang'ich bo'g'in bo'lgani va urushdan keyingi resurs va boshqaruv muammolari tufayli faoliyati tugatilgani ko'rsatiladi. Maqola Quvasoy sanoatida kichik kooperativdan markazlashgan sanoat tizimiga o'tish jarayonini ochib beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba