BO'LAJAK BIOLOGIYA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDA KOUCHING METODIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak biologiya mutaxassislarini tayyorlashda zamonaviy kouching metodologiyasidan foydalanishning pedagogik va psixologik afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Biologiya ta'limida an'anaviy reproduktiv o'qitish usullaridan voz kechib, talabalarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda kouching (xususan, GROW modeli) yondashuvining o'rni eksperimental hamda nazariy dalillar bilan yoritilgan. Tadqiqot natijalari kouching metodining talabalarda fanga bo'lgan ichki motivatsiyani oshirish, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasini yuksaltirishdagi yuqori samaradorligini ko'rsatadi.