KAPTARBOZLAR, XO'ROZBOZLAR VA QIMORBOZLAR NUTQINING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Sayidov ShukrulloFarg'ona davlat texnika universiteti, assistent o'qituvchi
2026uz
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada qimorbozlar, kaptarbozlar va xo'rozbozlar nutqining sotsiolingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu guruhlar tor ijtimoiy guruhlar sifatida qaralib, ularning nutqida shakllangan maxsus terminologik qatlam, jargonlar, sleng, argo birliklar va kommunikativ me'yorlar o'rganiladi. Tadqiqotda ijtimoiy guruhlar tilining shakllanish omillari, jargonlarning kommunikativ va identifikatsion funksiyalari, shuningdek, ushbu guruhlar nutqining milliy til tizimidagi o'rni yoritiladi. Tahlillar natijasida qimorbozlar, kaptarbozlar va xo'rozbozlar nutqi umumxalq tilining sotsial differensiallashuvi natijasida shakllangan alohida kommunikativ tizim ekanligi aniqlanadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba