EKOLOGIK OMILLARNING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRIGA OID BIOLOGIK BILIMLARNING ILMIY-PEDAGOGIK MAZMUNI VA TASNIFI
Annotatsiya
Maqolada ekologik omillarning inson salomatligiga ta'siriga oid biologik bilimlarning ilmiy-pedagogik mazmuni tizimli yondashuv asosida yoritilgan. Ekologik omillar kelib chiqishi, ta'sir tabiati, organizmga kirish yo'li, davomiyligi, biologik ta'sir darajasi va salomatlikdagi oqibatlariga ko'ra tasniflangan. Biologik bilimlarning kognitiv, amaliy-faoliyatli, aksiologik, refleksiv, integrativ va profilaktik tarkibiy qismlari aniqlangan. Tibbiy-biologik fanlarni o'qitishda "omil – manba – ekspozitsiya – biologik nishon – ta'sir mexanizmi – salomatlik oqibati – profilaktika" mantiqiy zanjiridan foydalanish taklif etilgan. Mazkur yondashuv bo'lajak shifokorlarda ekologik tafakkur, klinik fikrlash, xavfni baholash va profilaktik qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.