Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

JADID SHIFOKORI MIRZO SIROJ HAKIM VA UNING ILMIY FAOLIYATI

Guljaxon Turg'unpulatovaTDSHU, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi 2-bosqich talabasiTurdixo'jayeva, Mahliyo
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik harakatining ma’rifatparvar vakillaridan biri bo‘lgan Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriyning hayoti, ilmiy-ma’rifiy va tibbiy faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Siroj Hakimning zamonaviy tibbiyotga bo‘lgan qiziqishi, xorijiy mamlakatlarga qilgan safarlari davomida olgan bilim va taassurotlari hamda ularni Buxoro ijtimoiy-madaniy muhitiga tatbiq etishga bo‘lgan intilishi yoritiladi. Shuningdek, uning tibbiyot, sog‘liqni saqlash va gigiyena masalalarini targ‘ib qilishdagi faoliyati, matbuotdagi chiqishlari hamda “Tuhfai ahli Buxoro” asarining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada Siroj Hakim qarashlarida ilm-fan, zamonaviy ta’lim va tibbiyotning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Uning Sharq va G‘arb tajribalarini o‘rganishi hamda zamonaviy bilimlarni Buxoro sharoitida qo‘llashga intilishi jadidchilikning amaliy-ma’rifiy yo‘nalishlaridan biri sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari Mirzo Siroj Hakimning Buxoro jadidchilik harakati va XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi tibbiyot hamda ma’rifat tarixidagi o‘rnini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba