Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

IJTIMOIY TARMOQLARDA INGLIZ VA O'ZBEK TILLARINING ARALASH QO'LLANILISHI: SOTSIOLINGVISTIK TAHLIL

Abduvaxobova Mubinaxon Azizbek qiziAndijon davlat chet tillari instituti 2-kurs talabasiAtaboyev Ahadjon Djumakuziyevich
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek va ingliz tillarining aralash qo‘llanilishi sotsiolingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Telegram, Instagram va TikTok kabi platformalardagi post va izohlardan olingan misollar asosida aralash qo‘llanishning asosiy turlari ajratib ko‘rsatiladi: gap ichida inglizcha so‘z qo‘llash, gaplar orasida tilni almashtirish, inglizcha undov va murojaatlar hamda heshteg va qisqartmalar. Shuningdek, inglizcha so‘zlarning o‘zbek tili grammatikasiga moslashuvi, ya’ni o‘zbekcha qo‘shimchalar va qilmoq, bo‘lmoq yordamchi fe’llari bilan qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijasida bu hodisaning asosiy sabablari aniqlandi: o‘zbekcha muqobilning yo‘qligi yoki kam tanilganligi, qisqalikka intilish, zamonaviylik va obro‘ istagi, yoshlar guruhiga mansublikni ko‘rsatish hamda reklama maqsadlari. Maqolada o‘zbek tilining sofligini saqlash va o‘zbekcha muqobillardan foydalanish bo‘yicha takliflar ham berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba