Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

G'O'ZA DURAGAYLARIDA OCHILGAN KO'SAKLAR SONINING O'ZGARUVCHANLIGI VA GETEROZISI

Zuxriddin NamozovMustaqil-tadqiqotchiAbdumurod Xakimovq/x.f.f.d., katta ilmiy xodim Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda Gossypium hirsutum L. g‘o‘za genotiplari va ular asosida olingan F₁ duragaylarida ochilgan ko‘saklar sonining o‘zgaruvchanligi hamda geterozis darajasi o‘rganildi. Yulduz, Niso, Guliston, SSB K-1, T-1336 va T-1391 genotiplari ota-ona shakllari sifatida foydalanilib, to‘liq diallel chatishtirish asosida 30 ta F₁ kombinatsiyasi olindi. Ota-ona shakllarida ochilgan ko‘saklar soni 14,0–15,1 dona oralig‘ida bo‘lgan. F₁ avlodida eng yuqori ko‘rsatkichlar Niso × Yulduz va Niso × Guliston kombinatsiyalarida qayd etilib, mos ravishda 22,3 va 21,3 dona ochilgan ko‘sak hamda 53,7 va 52,1% geterozis aniqlandi. Tadqiqot natijalari mazkur kombinatsiyalarning ochilgan ko‘saklar sonini oshirishga qaratilgan seleksiya ishlarida istiqbolli boshlang‘ich material sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba