Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI: XALQORA ELEKTRON SAYTLAR

Lobar Norqobilovna IshmatovaToshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi Elektron resurslardan foydalanish va o'quv zallari xizmati, elektron o'quv zali sektor mudiri
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalarda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimining transformatsiyasi, elektron zallarning faoliyati va raqamli texnologiyalarning kutubxona xizmatlaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Bugungi kunda foydalanuvchilarga an’anaviy kitob fondidan foydalanish bilan bir qatorda elektron katalog, raqamli kolleksiyalar, elektron ma’lumotlar bazalari, internet resurslari, masofaviy xizmatlar va multimedia vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda. Maqolada Library of Congress, British Library, WorldCat, Europeana va boshqa xalqaro elektron platformalarning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarida elektron zallar faoliyatini takomillashtirish, foydalanuvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va xizmatlarning qulayligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba