Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O'ZBEKISTON TIJORAT BANKLARINING MASOFAVIY XIZMATLAR KO'RSATISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Asila XolmatovaTermez University of Economics and Service
2026uz
ABI

Annotatsiya

O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARINING MASOFAVIY XIZMATLARKO‘RSATISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISHXolmatova Asila Menglimurod qiziTermiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisiORCID: 0009-0005-8156-9737Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining masofaviybank xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti kompleks tahlil qilingan. 2020–2026 yillardavomida to‘plangan statistik ma’lumotlar asosida masofaviy xizmatlardanfoydalanuvchilar soni dinamikasi, raqamli to‘lovlar hajmi, shuningdek, mobil vainternet-banking rivojlanish tendensiyalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida sohadagimavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarishlab chiqilgan.Kalit so‘zlar: masofaviy bank xizmatlari, mobil banking, internet-banking,raqamli transformatsiya, tijorat banklari, to‘lov tizimlari, fintech, kiberxavfsizlik.KIRISH.O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini isloh qilish va raqamliiqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan birigaaylangan. Prezidentning 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni bilantasdiqlangan "2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining banktizimini isloh qilish strategiyasi" masofaviy bank xizmatlarini keng joriy etishniasosiy vazifalardan biri sifatida belgilagan [1]. Mazkur strategiya doirasida tijoratbanklari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, biznesjarayonlarniavtomatlashtirish va masofaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishborasida izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda. COVID-19 pandemiyasi (2020–2021-yillar) sharoiti masofaviy xizmatlarga talabni keskin oshirdi va banklar uchunraqamlashtirish jarayonini tezlashtiruvchi omilga aylandi. Bugun O‘zbekistonda 22milliondan ziyod aholi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanadi, bu mamlakataholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi [2]. Ushbu jarayonlar amaliyotini tahlil76qilish, mavjud muammolarni aniqlash va samarali yechimlarni ilmiy asosda ishlabchiqish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.Adabiyotlar sharhi. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish masalalarixorijiy olimlar — E. Gill, T. Koch, F. Mishkin asarlarida keng yoritilgan. Mahalliytadqiqotchilardan Sh. Abdullayeva, T. Bobakulov, Z. Mamadiyorovlarning ishlaridaO‘zbekiston bank tizimining raqamlashuv jarayonlari tahlil qilingan [3].Mamadiyorov (2021) o‘tkazgan so‘rov natijasida masofaviy xizmatlardanfoydalanishga ta’sir etuvchi asosiy omillar: foydalanish qulayligi, shaxsiyma’lumotlar xavfsizligi, xarajatlarni kamaytirish va internet tezligi ekanligianiqlangan [4]. Toshmurodov (2025) masofaviy xizmatlar mexanizminimodellashtirish konseptual yondashuvini taklif etgan va kiberxavfsizlik masalalarinialohida ta’kidlagan [5].Tadqiqot metodologiyasi.Tadqiqotda Markaziy bankning rasmiy statistikma’lumotlari (cbu.uz), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022–2024-yillardagi yillik hisobotlari, Juniper Research xalqaro tadqiqot ma’lumotlari vamavzuga oid ilmiy maqolalar asosiy manba sifatida ishlatildi. Tahlilda quyidagimetodlar qo‘llanildi:tahliliy metod — tijorat banklarining masofaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyotinio‘rganish; qiyosiy tahlil — an’anaviy va raqamli xizmat ko‘rsatish modellarinitaqqoslash; monografik metod — masofaviy banking rivojlanishiga doir nazariyasosni shakllantirish; statistik tahlil — 2020–2026-yillar ma’lumotlari asosida o‘sishdinamikasini baholash.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba