Mustaqillik yillarida О'zbekistоn tоpоnimlarining tabiiy geоgrafik tadqiqi
Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston toponimlarini mustaqillik yillarida tabiiy geografik jihatdan o‘rganish natijalari tahlil qilingan. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy o‘zgarishlar va xalqaro aloqalar toponimik tadqiqotlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Tadqiqotda Q.M. Seytniyazov, M.T. Mirakmalov, B.T. Eshboyev, P.S. Otaqulov, X.M. Bayqabilov, M.M. Avezov, Sh.I. Valiyeva kabi olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilinib, toponimlarning tabiiy-geografik omillar bilan bog‘liqligi, ularning shakllanishi, tarixiy-madaniy qatlamlar bilan aloqadorligi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston toponimikasi taraqqiyoti bosqichlari, geografik terminologiya va lingvistika o‘rtasidagi ilmiy bog‘liqliklar aniqlangan.