Raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy bank xizmatlari, ularning mohiyati
Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy bank xizmatlarining mohiyati, shakllanish xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bank sektoriga kirib kelishi natijasida, an’anaviy bank xizmatlari bosqichma-bosqich raqamli formatga o‘tayotgani, masofaviy bank xizmatlari, raqamli to‘lov tizimlari, mobil banking, internet-banking va shaxsiylashtirilgan moliyaviy xizmatlarning ahamiyati ortib borayotgani asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar bank xizmatlari samaradorligini oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish hamda moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan